30 apr 03:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Azizbek Abdug'ofurov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Professional bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov faoliyatidagi 15-jangini o'tkazdi.
Rossiyada tashkil etilgan jangda hamyurtimizga mezbon Fedor CHudinov raqiblik qildi. 10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Jangning katta qismida ustunlikka erishgan bokschimiz hakamlarning yakdil qarori bilan (97-92, 98-91, 97-92) g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar