07 mar 08:28
Yangiliklar

Azizbek Temirov ishtirokidagi jang kutilmagan natija bilan yakunlandi
Biz uchun ahamiyatli, ushbu turnir doirasida aralash yakkakurash ustamiz Azizbek Temirov ham oktagonga ko'tarildi. Hozirgina yakuniga etgan uch raundlik jangda hamyurtimizga braziliyalik Daniel Arauxo raqiblik qildi.
Afsuski, to'liq uch raund davom etgan jang yakunida hakamlar braziliyalik sportchining qo'lini ko'tarishdi. Arauxo hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Uning g'alabali seriyasi 7 ta jangga etdi.
Malumot uchun, Azizbek Temirov bugun faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni 5 taligicha qoldi. LFA 203 turnirining markaziy jangi qirg'izistonlik Uran Satibaldiev hamda Braziliya vakili Leon Soaresh o'rtasida kechadi.
Fikrlar