02 iyu 18:44
Yangiliklar
Futbol

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi Kosmin Olariu JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan mahalliy muxlislarga yuzlandi.
Ruminiyalik mutaxassis muxlislarni terma jamoani qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
"Amirliklar uchun juda muhim kun va ajoyib kecha yaqinlashmoqda. Kelinglar, milliy jamoamiz bilan birga bo'laylik, ularni qo'llab-quvvatlaylik. Insha Alloh eng muhim o'yinda g'alabani qo'lga kiritamiz", dedi 55 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar