25 jan 14:30
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				BAAda velosport bo'yicha mavsumning dastlabki xalqaro musobaqasi start oldi
Joriy yilning 14 yanvar kuni velosport bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketishgandi. 
			BAA terma jamoasi bilan o'tkazilayotgan qo'shma yig'in qizg'in tus olayotganligi, mazkur mashg'ulotlar doirasida "Tur SHardja" Xalqaro turnirida o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishlari belgilanganligi to'g'risida xabar berilgandi.
Bugun, 24 yanvar kuni 
SHarja shahrida Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) taqvim rejasidan 
o'rin olgan 2018 yildagi birinchi Xalqaro velosport poygasi start oldi. 
Mazkur poygada O'zbekiston terma jamoasi azolari Ruslan Karimov, 
Dilmurod Siddiqov, SHomansur Abdumannopov, Murodjon Xolmurodov va Roman 
SHukurovlar ham ishtirok etishmoqda. 
 

    
Eslatib o'tamiz, turnir 4 kun davomida o'tkazilib, 27 yanvarda yakunlanadi.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar