07 avg 15:11
Yangiliklar
Gimnastika, Tokio-2020
Badiiy gimnastika. Rossiya 21 yildan buyon ilk marotaba Olimpiadada oltin medal ololmadi. Jamoa bunga apellyaciya ham berdi
Tokio Olimpiadasida badiiy gimnastika bo'yicha yakkalik bahslari yakuniga etdi.
Musobaqaa Isroil vakilasi Linoy Ashram (107.800 ball) barchadan ko'p ball to'pladi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni esa rossiyalik Dina Averina (107.650) band etdi. Kuchli uchlikka belaruslik Alina Gornosko (102.700) yakun yasadi.
Qayd etish lozimki, rossiyaliklar hakamlar qaroriga apellyaciya berishdi. Ammo ushbu apellyaciya qabul qilinmadi va qaror o'z kuchida qoldi.
SHu tariqa, Rossiya 21 yil ichida ilk marotaba badiiy gimnastikaning yakkalik bahslarida oltin medalsiz qolib ketdi.
Bungacha Yuliya Barsukova, Alina Kabaev, Evgeniya Kanaeva (ikki marta) hamda Margarita Mamun Olimpiya o'yinlarida oltin medallarni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar