28 avg 10:46
Yangiliklar
Tennis
Baes xard qoplamadagi ilk ATP sovrinini qo'lga kiritdi
AQSHning Uinston-Seylem shahrida o'tkazilgan ATP turniri argentinalik tennischining g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Dunyoning 29-raketkasi bo'lib turgan Sebastyan Baes hal qiluvchi final bahsida reytingning 35-pog'onasida borgan chexiyalik Irji Lexechkani mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvida argentinalik hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1.
To'qson besh daqiqa davom etgan uchrashuvda Baes 5, Lexechka 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu Sebastyanning faoliyatidagi to'rtinchi, xard qoplamali kortlardagi birinchi sovrini bo'ldi. Baes Uinston-Seylemdagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 250 reyting ochkosi hamda 104,460 dollar mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar