04 okt 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Bahodir Jalolov: Hech qachon ringga raqibimni nokaut qilaman deb chiqmaganman
Bahodir Jalolov yarim final jangidan so'ng intervyu berdi.
"Ustozlarimiz birinchi raundda ko'proq ishla deyishdi, ishladik - g'alaba qozondik. Hali xursand bo'lganimiz yo'q. Qachonki, oltin medalni olganimizdan keyin xursand bo'lamiz. Bu erga faqat oltin medal uchun kelganmiz. Raqibimni nokaut qilaman deb reja qilmagandim, chunki uni bilaman. Toshkentda bir marta sparring qilganmiz, zarbalarga chidamli bokschi edi. Jang uch raund bo'ladi deb o'ylagandim. Hech qachon ringga raqibimni nokaut qilaman deb chiqmaganman", - dedi Bahodir Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar