11 dek 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov: "Jang qilishni judayam xohladim"
Bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 13 dekabr kuni o'tkazishi haqida avvalroq Olamsport.com sayti orqali xabar qilgandik.
Jalolov ushbu jang kutilmaganda tashkil etilayotgani yuzasidan Instagramdagi sahifasi orqali malumot berib o'tdi.
"Assalomu alaykum aziz vatandoshlar! Xudo xohlasa navbatdagi jangimga 3 kun qoldi. Jang kuni kutilmaganda aniq bo'lib qoldi. Navbatdagi jangimni Mexikoda o'tkazaman. Karantin sababli ko'plab rejalarga o'zgartirish kiritildi, professional jang oqshomlari qoldirildi. Anchadan buyon ringga chiqmaganim uchun jang qilishni judayam xohladim. Promouter, menejerlarim menga jang o'tkazishimga sharoit yaratib berishdi. Xudo xohlasa bugun Juma, duo qilib qo'yinglar! Yuzimiz yorug' bo'lsin! InshaOlloh hammasi yaxshi bo'ladi!", - deb xabar qoldirgan Bahodir Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar