14 avg 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov keyingi Olimpiadada uning vaznida kim chempion bo'lishi mumkinligini aytdi
Ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Bahodir Jalolov Parijdagi Olimpiya o'yinlarida oltin medal qo'lga kiritganidan so'ng endilikda uning vaznida kim musobaqalarda ishtirok etishi haqida gapirdi.
"Orqamizda yosh ukalarimiz, xususan Jahongir ukamiz bor, (Zokirov/olamsport.com tahriri) unga omad tilaymiz. Ukamizga o'zimiz ham ko'p narsani o'rgatib, qo'llab-quvvatlab turibmiz. Keyingi Olimpiadada u chempion bo'ladi, deb o'ylayapman. Biz endi og'ir vaznni hech kimga bermasligimiz kerak", dedi Jalolov.
Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasida g'olib bo'lganidan keyin havaskor boksdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.
Havola :
Manba : BugunSport
O’xshash yangiliklar
17:17
"Elit futbolchi bo'ladi". Mashhur skaut - Husanovning "Manchester Siti"dagi istiqboli haqida 0
Fikrlar