11 may 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov Konkabaev ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi
Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov JCH chorak finalida Qamshibek Konkabaevni mag'lubiyatga uchratgandan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Meni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Jang davomida buni his qilib turdim. To'g'risini aytsam, jangdan oldin hayajon bor edi. Bu balki mezbon ekanligim uchunmi, bilmadim. Allohga shukr, g'alaba qozondim.
Oltin medal qo'lga kiritishim uchun oldinda yana ikkita jang bor. Keyingi janglarda chiroyli chiqishlar bilan ishonchni oqlashga harakat qilaman.
Qamshibek bilan do'stmiz. U meni Qozog'istonga taklif qildi, o'zi ham O'zbekistonga keldi. Bu - sport. Kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi. Oramizda adovat yo'q. U o'z vatani, men ham o'z vatanimiz shanini himoya qilyapmiz.
Keyingi raqiblarim? Endi ularni o'rganishni boshlayman", - dedi Jalolov jangdan keyingi intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar