16 may 08:43
Yangiliklar
Bahodir Jalolov Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida ishtirok etishi haqida gapirdi
- Parij Olimpiadasi finalidan keyin havaskor boks bilan xayrlashganingizni elon qilgandingiz. Bu fikringizdan qaytmadingizmi? Uchinchi Olimpiada chempionligi maqsadi paydo bo'ldimi?
"Har bir sportchining niyati — ko'p marotaba Olimpiada chempioni bo'lish! Menda ham shunday niyat bor, desam yanglishmagan bo'laman. CHunki "qani edi kuch va g'ayratim bo'lsa, uchinchi Olimpiadada qatnashsam" degan fikr oldindan bo'lgan.
Birinchi Olimpiada oltini o'zim uchun edi, ikkinchisi xalqimiz va yurtimiz uchun bo'ldi. Uchinchisi esa bu tarix bo'ladi. SHunday ekan, agar nasib qilgan bo'lsa, balki tarixni yangilarmiz. Lekin bu hali aniq emas. Hozirda bor etiborimiz professional boksga qaratilgan", dedi Jalolov.
Fikrlar