06 iyu 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabaev o'zaro ettita jang o'tkazgan. Hisob qanday ko'rinishda?
Qozog'istonlik bokschi Kamshibek Konkabaev Sports True YouTube kanaliga bergan intervyusida o'zining asosiy raqibi - o'zbekistonlik Bahodir Jalolov bilan havaskorlardagi barcha janglarni sanab o'tdi, deb yozadi Sports.kz.
- Bahodir Jalolov bilan etti marta jang o'tkazganmisiz?
- Ha, ettita. Birinchisi, 2015 yilda Bolgariyada. Biz finalda uchrashdik, birinchi raundda to'liq ustunlik tufayli g'alaba qozondim. Ikkinchisi - 2016 yilda, WSB'da, "Astana Arlans" safida. Keyin ochkolar bo'yicha g'alaba qozondim. SHundan so'ng 2017 yilda Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida finalda - men unga yutqazdim. 2017 yilda Jahon chempionatida Gamburgda unga qarshi chorak finalda g'alaba qozondim. 2019 yilgi Osiyo chempionatida men unga mag'lub bo'ldim. Undan Ekaterinburgdagi jahon chempionatida ham engildim. Ettinchisi Dubaydagi qita birinchiligida edi. Umumiy hisob 3:4.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar