30 okt 07:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev AQSHga jo'nab ketdi + FOTO
Professional boksning ikki yo'nalishida jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev hamda og'ir vaznli charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov bugun tong saharda AQSHga yo'l olishdi.
Reja bo'yicha har ikki bokschimiz taxminan dekabr oyida prof ringdagi navbatdagi janglarini o'tkazishadi. Hozirda promouter va menejerlar ularning jangini tashkil etish bo'yicha muzokara olib borishayapti.
Darvoqe, bugun Bahodir Jalolov bilan safar oldidan uyushtirilgan eksklyuziv intervyuni etiboringizga havola qilamiz. Unda bir qancha dolzarb mavzular bo'yicha gap-so'zlar bo'lgan. Jalolovning Fyuri yoki Joshua bilan bir oqshomda jang qilishi, Olimpiadadagi asosiy raqiblari... Xullas, bizni kuzatishda davom eting.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar