So’nggi yangiliklar

13:58Бивол Бетербиевга қарши жанг учун WBO чемпионлик камарини бўшатиши мумкин 0 13:27Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Ўйинларида қийин гуруҳдан жой олди 0 12:48Богдан Гусков Анкалаев билан жанг тўғрисида: "Бу мен учун навбатдаги имтиҳон" 0 12:05Ганбол бўйича аёллар термамизнинг Осиё ўйинларидаги рақиблари аниқланди 0 11:27Анкалаев Гусков билан жанги ҳақида: «У барчасини тушуниб етади» 0 10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0 10:02Рамазон Темиров ва Богдан Гусков иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Богдан Гусков ва Магомед Анкалаев иштирокидаги очиқ машғулот olamsport.com фотосуратчиси нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 08:58Суперлига. Бугун 13-тур якунланади 0 08:20Майкл Пейж: "UFC менга топ-10 даги рақиблар билан жанг бермаётгани — ақлга сиғмайди" 0 19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0

21 jan 09:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov AQSHga etib bordi va mashg'ulotlarga kirishdi + FOTO

Xabaringiz bor, ikki karra Olimpiada chempioni 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.

Unga o'sha kuni franciyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi. CHarm qo'lqop ustamiz Artur Biyarslanov va Mohamed Mimun o'rtasidagi markaziy jangning anderkardida ishtirok etadi. Jalolov jangiga ikki haftadan sal ko'proq vaqt qolgan bir paytda AQSHga etib bordi. 

Bahodir bilan birga yana bir prof bokschimiz Otabek Xolmatov ham Indioga etib bordi va u ham mashg'ulotlarga kirishdi. Hozircha Xolmatovning jangi bo'yicha hech qanday malumot yo'q. Yaqinda yarim engil vazn toifasidagi bokschimizning amerikalik Raymon Fordga qarshi o'tkazgan jangi The Ring talqini bo'yicha 2024 yilning eng yaxshi jangi deb topilgandi. Xolmatov WBA kamari uchun kechgan o'sha jangda ochkolar hisobida oldinda bora turib, so'nggi soniyalarda texnik nokaut evaziga alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. Otabek aynan Ford bilan revansh jangini o'tkazish niyatida.

Malumot o'rnida, Bahodir Jalolov prof faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. So'nggi jangini 2023 yil 17 noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali zafar quchgandi. Uning bo'lajak raqibi Devid Spilmont esa shu kungacha 25 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba, 8 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G'alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo'lga kiritgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing