20 apr 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov va SHahram G'iyosov Turkiyada Bivolning jamoasi bilan birga shug'ullanmoqda (VIDEO)
Bokschilarimiz shu kunlarda navbatdagi janglari uchun tayyorgarlikni xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inida davom ettirishyapti.
Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar SHahram G'iyosov hamda superog'ir vazndagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov Turkiyada, rossiyalik yarim og'ir vazn toifasida Jahon chempioni Dmitriy Bivolning jamoasi bilan mashg'ulotlar olib boryapti.
SHahram keyingi jangini 23 may kuni Misrning Giza shahrida angliyalik Jek Ketterolga qarshi o'tkazadi. Bahs WBA Regular kamari uchun o'tkaziladi.
Bahodirning navbatdagi raqibi va jang tafsilotlari esa hozircha nomalum.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar