08 iyu 16:01
Yangiliklar

Bahodir Jalolovni tabriklaymiz + VIDEO
Bahodir Jalolov - 1994 yilning 8 iyulida Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Superog'ir vazn toifasi jangchisi. 2019 yili Ekaterinburgda o'tkazilgan jahon chempionati oltin medali sohibi, o'sha jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi. Uch karra Osiyo chempioni. O'zbekistonning ko'p karra chempioni, bir qator xalqaro turnirlar g'olibi. "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi. 2016 yili Rioda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan.
Fursatdan foydalanib, bokschimizni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etamiz. Unga o'zi istagan barcha orzu-istaklariga erishishini, yaqinlashib kelayotgan Olimpiya o'yinlarida chempion bo'lib, doimo yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarib yurishini tilaymiz.
Ayni paytda Tokio shahrida bo'lib turgan terma jamoamiz azolari Bahodir Jalolovni tug'ilgan kuni bilan tabriklashdi.
Fikrlar