28 okt 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning bugungi jangidan FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, bugun tongda superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov AQSHda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Bugungi jangda Bahodirga amerikalik Tayrel Rayt raqiblik qildi. Olti raundga mo'ljallangan jang Nyu-York shahridagi mashhur “Madison Square Garden” arenasida bo'lib o'tdi. Jang muddatidan avval yakunlandi.
Olti raundlik jangning to'rtinchi raundidan so'ng Raytning jamoasi bahsni davom ettirishdan bosh tortdi. To'rt raund davomida kuchli zarbalarni o'tkazib yuborgan mezbon bokschining murabbiylari bu bilan to'g'ri qarorga kelishdi. Jalolov uchinchi jangini ham texnik nokaut bilan yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar