So’nggi yangiliklar

14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0

26 fev 16:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi bo'yicha malumot paydo bo'ldi

Ramazondan keyingi boks oqshomining Top Rank tomonidan tashkil etilayotganini inobatga olsak, bu xabar haqiqatga o'xshaydi.

Boisi, Jalolov taniqli promouter Bob Arumga tegishli ushbu promouterlik kompaniyasining mijozi hisoblanadi. Superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamizning 7 fevral kungi jangi husnbuzar sabab bekor qilingandi. 

Jalolov Kanadaning Monreal shahrida o'tkazilgan prof boks oqshomi doirasida franciyalik Devid Spilmont bilan jang qilishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar Bahodirning yuzidagi husnbuzar tufayli jangni bekor qilishgandi. SHundan keyin Jalolov ham, Spilmont ham tez orada boshqa manzilda jang o'tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishgandi. Bokschimizning jamoasi francuz bokschisini Toshkentga ham taklif qilgandi. 

Bizga etib kelgan xabarlarga tayanadigan bo'lsak, Bahodir Jalolov 5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida tashkil etiladigan katta prof boks oqshomida jang o'tkazadi. Hozircha uning raqibi kim bo'lishi haqida malumot yo'q. 

"Barys Arena"da o'tkaziladigan turnirning markaziy jangida o'rta vazn toifasida IBF va WBO yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Janibek Alimxanuli (16-0, 11 KO) kelib chiqishi kongolik, hozirda Franciya sharafini himoya qilayotgan Anauel Ngamissenge (14-0, 9KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.

SHuningdek, Astanadagi turnirda qozog'istonlik aka-uka Mahmud va Torexan Sabirxonlar professional boksdagi debyut janglarini o'tkazishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing