So’nggi yangiliklar

14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0

07 may 21:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodirda muddatidan oldin, qolganlarda ishonchli g'alabalar! Jahon chempionatining ettinchi kunida jang qilgan barcha bokschilarimiz g'alaba qozonishdi!

Toshkentda o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining ettinchi kuni yakunlandi.

Bugungi kun doirasida to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi jang qildi:

Kunduzgi dasturda:

1. -57 kgda 1/8 final jangi: Abdumalik Xalokov - CHarli Senior (Avstraliya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
2. -75 kgda 1/16 final jangi: Aloxon Abdullaev - Mengyang Jao (Xitoy), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Kechgi dasturda:

3. -51 kgda 1/16 final jangi: Hasanboy Do'smatov - Said Murtaji (Marokash), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
4. +92 kgda 1/8 final jangi: Bahodir Jalolov - Teremoana Teremoana (Avstraliya), (2-raund, KO-TKO).

SHunday qilib, ikki bokschimiz chorak, yana ikki bokschimiz nimchorak final masalasini hal etdi. O'zbekiston terma jamoasi hozircha birgina yo'qotish bilan qolmoqda. Qozog'iston termasida esa bugun Saken Bibiossinov o'z ishtirokini yakunladi.

MATNLI TRANSLYACIYA


20:22. NOKAUUUUT! Bahodir Jalolov raqibini muddatidan oldin tugatdi! CHorak finalda ko'rishguncha, Kamshibek!

20:19. Birinchi raund yakunlandi, kichik ustunlik Bahodir Jalolovda. Hisob - 5:0, Jalolov foydasiga.

20:16. Bahodir Jalolov va Teremoana jangi boshlandi.

19:36. Yana ikkita jangdan so'ng B ringida Bahodir Jalolov ishtirokidagi jang boshlanadi.


19:09. Jang yakunlandi. Hasanboy Do'smatov marokashlik Said Murtajini engib, nimchorak finalga chiqdi.

19:05. Ikkinchi raund ham avvalgisi singari hamyurtimizning nazoratida o'tdi. Hisob yana 5:0.

19:01. Birinchi raund nihoyasiga etdi. Hisob 5:0, kutganimizdek Hasanboy foydasiga.

18:58. Hasanboy Do'smatovning marokashlik raqibiga qarshi jangi start oldi.

18:38. Yana bir bor xayrli kech do'stlar. Bizda kechgi dasturdan o'rin olgan janglar allaqachon start oldi. Yana bitta to'qnashuvdan so'ng Hasanboy Do'smatov ishtirokidagi jang boshlanadi.

17:13. Arenada bir soatlik tanaffus elon qilindi.



16:53. G'ALABA! Aloxon Abdullaev biroz qiyin kechgan jangda xitoylik raqibini engib, nimchorak final masalasini hal qildi.

16:48. Ikkinchi raund ham yakunlandi. Hisob 5:0, Aloxon foydasiga. Jang juda ochiq o'tyapti.

16:45. Ilk raund yakuniga etdi, Abdullaevda ustunlik, hisobda ham - 4:1.

16:38. Aloxon Abdullaev ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimizga ilk jangida omad tilaymiz, u terma jamoamizning eng yosh bokschisi hisoblanadi.

16:21. Yana bitta jangdan so'ng Aloxon Abdullaev jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.


15:28. Abdumalik Xalokovda navbatdagi chiroyli g'alaba, hamyurtimiz chorak final chiptasini naqt qildi.

15:24. Ikkinchi raund ham tugadi, hammasi alo. Hisob ham - 5:0.

15:20. Ilk raund yakuniga etdi, hisob 5:0, Abdumalik foydasiga.

15:17. Xalokov ishtirokidagi jang boshlandi.

14:57. Yana bitta jangdan so'ng Abdumalik Xalokovning avstraliyalik raqibiga qarshi jangi start oladi.

14:15. Assalomu alaykum, qadrli boks muxlislari. Bugun jahon chempionatining ettinchi kunidan o'rin olgan janglar bo'lib o'tmoqda. Bugungi kun doirasida to'rt nafar bokschimiz ringga chiqadi. Birinchi bo'lib Abdumalik Xalokov jang qiladi. Buxorolik bokschimizning jangi taxminan 40 daqiqadan so'ng boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
09 may 09:59:17
aristokrat5559
Эслатиб утамиз Оламспорт МЧЖ хисобланади ва барча масулиятни уз буйнига ололмайди:-D ракобати йук сайтлар ичида Оламспорт N¹ хисобланади Узбекистонда.
   
08 may 01:09:13
Tursun Ganiev
Бу сайтларимизнинг барчаси т........з экан. Даже Эртага кимлар чикишини хам йозишмайди вактида. Бу нима деган гап. Урток сайтдагилар Ухламанглар маьлумотлар керак. Мухлислар талаблари кондирилиши керак. Кизикарли Фактлар ОЧ да кимдан нечта колди. Кани М А Ь Л У М О Т Л А Р !!!!!!
   
08 may 01:09:13
Tursun Ganiev
Бу сайтларимизнинг барчаси т........з экан. Даже Эртага кимлар чикишини хам йозишмайди вактида. Бу нима деган гап. Урток сайтдагилар Ухламанглар маьлумотлар керак. Мухлислар талаблари кондирилиши керак. Кизикарли Фактлар ОЧ да кимдан нечта колди. Кани М А Ь Л У М О Т Л А Р !!!!!!
   
08 may 00:42:24
SPRINTERshashist
Узбекистонда утаетган мусобака да нега бошка жангларни натижаси курсатилмаяпти. Кимдан нечта боксчи катнашяпти . Ким билади
   
07 may 17:47:52
.Sherzod.
Olamsport xar doimgidey uxlayabsilar Doxoda Baratov finalga chiqdi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing