03 mar 12:33
Yangiliklar

Bahorning uchinchi kuni qorli Toshkentda Judo Sport Club Cup 2025 xalqaro turniri boshlandi + FOTOREPORTAJ
Uch kun davomida yurtimiz yosh dzyudochilaridan tashqari, qo'shni Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasidan kelgan jami 1550 nafar iqtidor egasi medallar uchun bahs olib boradi. Ushbu bellashuvlar 2011-2013 hamda 2014-2016 yillarda tug'ilgan dzyudochilar o'rtasida o'tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada jami 170 ta klub ro'yxatdan o'tgan. Qozog'istondan 20, Tojikistondan 4, Qirg'iz Respublikasidan 2 ta klub poytaxtimizga etib kelgan. Qolgan barcha klublar Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri hisobiga to'g'ri keladi. Yakkalik bahslaridan tashqari, klublar o'rtasida jamoaviy bellashuvlar ham tashkil etiladi.
Etiborlisi, Judo Sport Club Cup 2025 musobaqasi OTP Group Tashkent Grand Slam 2025 turniriga mezbonlik qilgan "Yunusobod" sport majmuasi tatamilarida o'tkazilyapti.
Fikrlar