So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

09 fev 12:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahraynlik aralash yakkakurash ustasi UFC turnirning asosiy jangida oktagonga ko'tariladi

Teglar :  SHamil GazievUFC
Xabaringiz bor, 2 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Etiborlisi, UFC Fight Night 238 oqshomining asosiy jangida asli kelib chiqishi dog'istonlik bo'lgan, hozirda Bahrayn davlati sharafini himoya qilayotgan SHamil Gaziev  xedlayner maqomida oktagonga chiqadi. Og'ir vazn toifasida janglarini o'tkazib kelayotgan Gaziev surinamlik nokautchi Jairzino Rozenstrayk bilan o'zaro to'qnash keladi.

SHamil o'zining UFC oktagonidagi ikkinchi jangidayoq shunday imkoniyatga ega bo'lmoqda. Aslida UFC Fight Night 238 turniri Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkazilishi kerak edi. Ammo promoushen rahbarlari Saudiyadagi turnirni yoz fasliga ko'chirishga qaror qilishdi. 

Malumot uchun, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 33 yoshli SHamil Gaziev o'tgan yilning dekabr oyida UFC promoushenidagi debyut jangini o'tkazgandi. Las-Vegasda o'tgan UFC 296 turnirida u Martin Budayani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Surinamlik 35 yoshli Jairzino Rozenstrayk esa so'nggi janglarida omadsizlikka uchramoqda. U oxirgi 8 ta jangidan 5 tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. "Bigi Boy" o'tgan yilning may oyida Jailton Almeydaga yutqazib qo'ygandi. Jailton raqibini birinchi raunddayoq bo'g'ib qo'ygan edi. 

Ayni paytda Jairzino Rozenstrayk UFC og'ir vaznlilar reytingida 12-o'rinni egalab turibdi. SHamil Gaziev esa hali divizionning Top-15 jangchilari safiga kirmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing