So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

21 iyu 11:05
Yangiliklar

Og'ir atletika

Bahrom Abdumalikov: “Hali atletlar yuz foiz formada emaslar”

Xabar berganimizdek, CHirchiq olimpiya zahiralari kollejida og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Unda jahon chempionlari Ruslan Nuriddinov, Ivan Efremov singari mamlakatimizning birinchi raqamli atletlari ham ishtirok etishdi. Biz musobaqa yakunlari yuzasidan terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Abdumalikovdan intervyu oldik.
- Mamlakat chempionatida yana bir bor sportchilarimizning bugungi holatini ko'zdan kechirib oldik, - deydi B.Abdumalikov. – Polvonlarimiz borlarini berib, natijaga intilmagan bo'lsalarda, biz kutgan harakatlarni namoyish etishdi.
- Olimpiadaga boradigan tarkib elon qilindimi?
- Yo'q, yana yigirma kunlardan so'ng malum qilamiz. Hozircha barcha davogarlar yig'inni birgalikda davom ettirmoqda.
- Hozirgi mashg'ulotlarda ko'proq nimaga etibor qaratayapsizlar?
- Har kuni uch mahaldan tayyorgarlik qilinayotgan bo'lib, asosan harakat sifatlarini yaxshilashga intilyapmiz. Iyul oyining o'rtalaridan esa so'nggi tayyorgarlik boshlanadi.
- CHorvoq sport bazada sharoitlar yaxshimi?
- Sportchilar uchun barchasi muhayyo qilingan.
- Sportchilarning kayfiyatlari qanday?
- Alo. Kezi kelganda aytishim kerak, hali ular yuz foiz sport formasida emas. Bunga iyul oyining o'rtalaridan boshlab kirishamiz. O'ylaymanki, ikkinchi avgustga qadar barchasi biz kutgan darajaga chiqib olishadi. 5 avgust kuni boshlandigan 31-yozgi olimpiya o'yinlarida besh nafar erkak va bir ayol og'ir atletikachimiz Rio-2016 medallari uchun kurash olib boradi.

Ulug'bek Hakimjonov suhbatlashdi, o'z muxbirimiz
Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing