11 mar 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahromjon Mashrapov birinchi raundda yutqazganiga qaramay, LFA 178 turnirining bonusi sohibiga aylandi
9 mart tongida AQSHning Kaliforniya shtati, Santa Kruz shahridagi "Kayzer Permenante" arenasida MMA bo'yicha LFA 178 turniri o'tkazilgan edi.
Xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik MMA jangchisi Bahromjon Mashrapov (7-4-0) ham oktagonga chiqdi.
Unga braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Diego Byankini (9-1-0) raqiblik qildi.
3 raundga mo'ljallangan jang afsuski ilk raundda braziliyalik Diego Byankining sabmishen orqali qo'lga kiritgan g'alabasi bilan yakunlandi.
SHunday bo'lsa-da, jang LFA ligasi tashkilotchilari tomonidan turnirning "Eng yaxshi jangi" bonusiga loyiq ko'rildi.
Havola :
Manba : instagram.com/lfafighting
Fikrlar