29 jan 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahromjon Ro'zievning Mangu MMA 1 turniridagi raqibi elon qilindi (POSTER)
Yana bir necha kundan so'ng aralash jang sanatlari bo'yicha Mangu MMA Ligasining dastlabki turniri o'tkaziladi.
Musobaqada o'zbekistonlik sportchi, ikki vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning sparring sherigi bo'lgan Bahromjon Ro'ziev ham ishtirok etadi.
Malum bo'lishicha, Ro'zievga o'sha kuni Ozarbayjon vakili Abdul Fahad Ahmadi raqiblik qiladi. Jang engil vazn toifasida tashkil etiladi.
Bahromjon Ro'ziev hozirgacha 8 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Ahmadi hisobida esa 6 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar