19 apr 10:45
Yangiliklar
Bahromov va Ortiqboev Osiyo chempionatining bronza medali uchun gilamga chiqadi
Qita chempionatining ilk kuni yunon-rum kurashi bo'yicha beshta vazn toifasida saralash bellashuvlari o'tkazilib, finalga yo'l olgan hamda bronza medali uchun kurashadigan "klassiklar" nomi malum bo'ldi.
Bugun besh nafar kurashchimiz bahslarni boshlagandi. Ulardan birgina Jalgasbay Berdimuratov finalga etib keldi. U oltin medal uchun bellashuvda eronlik Naser G'asem Alizadaga qarshi gilamga chiqadi.
-63 kg vazn toifasidagi vakilimiz Islomjon Bahromov murosasiz kechgan yarim final bahsida qirg'izistonlik Tinar SHarshenbekovga 7-13 hisobida yutqazib qo'ydi. Uning bronza medali uchun bellashuvdagi raqibi hindistonlik Niraj Niraj bo'ladi.
-55 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Ortiqboev ham bronza medali uchun bahs olib boradi. Uning raqibi koreyalik Jeon Xyu Kjin bo'ladi.
Fikrlar