So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

16 iyu 11:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Baklini mag'lub etgan Usman keyingi raqibi kim bo'lishini aytdi

Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin oktagonga g'alaba bilan qaytgan sobiq UFC chempioni navbatdagi raqibi kim bo'lishi haqida berilgan savolga javob berdi.

Yarimo'rta vazn toifasidagi eng tajribali aralash yakkakurash ustasi kecha AQSHning Atlanta shahrida o'tgan UFC on ESPN 69 turnirining asosiy jangida amerikalik Xoakin Baklini 5 raund natijalariga ko'ra hakamlarning yakdil qarori (48-47, 49-46, 49-46) bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. 

"Qisqa muddatda o'zimdan ancha yosh, ayni kuchga to'lgan, g'alabaga chanqoq, diviziondagi eng xavfli raqibni berishdi. Odamlar meni esdan chiqarib qo'yishgandi. Jin ursin, ular meni jang qilishni bilmaydiganga chiqarishgandi. Ularning munosabati menga haqorat edi. Men bugun ko'rsatgan jangim bilan ularga munosib javob berdim", - dedi UFC on ESPN 69 turniridan keyingi matbuot anjumanida.

SHuningdek, Usman keyingi jangida yarimo'rta vazn chempionligi uchun kechadigan Jek Della Maddalena va Islam Maxachev o'rtasidagi to'qnashuv g'olibiga qarshi oktagonga chiqmoqchi ekanini yashirib o'tirmadi.

"Kelinglar, ochiq gaplashamiz. Men ayni paytda diviziondagi eng katta nom va tabiiyki, yulduzman. UFC promoushenida hamma narsa shou ustiga quriladi. Eng katta jang ham Jek Della Maddalena va Islam Maxachev o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi bo'ladi. Agar Islam g'alaba qozonsa, unda tashkilotning kechagi va bugungi eng yaxshi jangchisi uchrashadi – kim bu to'qnashuvga katta pul to'lamaydi? Bu jangni hamma ko'rishni xohlaydi. SHu qatorida men ham. Bugungi ko'rsatgan jangim menga kamar uchun oktagonga chiqish huquqina beradi, deb o'ylayman", - deya so'zlariga yakun yasadi nigeriyalik sobiq chempion.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing