So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

19 apr 10:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Bangkokda nima gap? Bokschilarimizning mashg'ulotlari, Tailanddagi o'zbek muxlislari va qura

Teglar :  BoksKundalik3-kun
Kecha nihoyat bokschilarimizning Bangkok shahridagi mashg'ulotlariga tashrif buyurib, eksklyuziv suratlarni olishga muvaffaq bo'ldim.

Musobaqa boshlanishiga juda oz vaqt qolgani sabab terma jamoamiz azolari mashg'ulotlarni mehmonxonaning o'zida olib borishmoqda. Bosh murabbiy muhim janglarga oz vaqt qolgani uchun sportchilarga yuklamani kamaytirgan. Yigit va qizlarimizda kayfiyat yaxshi. 

"Bu safargi musobaqada tashkiliy jihatlar o'zgacha, avvallari suratchilar Osiyo chempionatiga kelmagandi biz bilan", - deyishdi yigitlar. 

Darhaqiqat, bu safargi qita birinchiligi avvalgilaridan yaxshigina farq qilmoqda. Bu safargi chempionatda erkaklar va ayollar o'rtasidagi bahslar bir vaqtda tashkil etilmoqda. Bungacha erkaklar o'rtasidagi Osiyo chempionati alohida, qizlar o'rtasidagi musobaqa alohida mamlakatlarda, boshqa-boshqa vaqtda o'tkazilgan. Murabbiy Lochin Qo'chqorov boshchiligidagi qizlarimiz ham Bangkokdan medallar shodasi bilan qaytishni maqsad qilishgan. 

Mashg'ulotlardan so'ng musobaqa oldidan fikrlarni bilish uchun bokschilarimizning xonalariga chiqdim. Bahodir Jalolov va Isroil Madrimov bilan biroz suhbatlashdik. Orada xonaga qo'ng'iroq bo'ldi. Birinchi qavatda bokschilarimizni ko'rish uchun kimdir kelganligini aytishdi. Birga tushdik. SHu payt qo'lida O'zbekiston bayroqlari, qazi, patir va boshqa mayda-chuda ko'targan Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi uch kishidan iborat muxlislar guruhi sportchilarimizni qarshi oldi. Har erda hoziru-nozir Abdurahmon aka sportchilarimizni qo'llab-quvvatlash uchun Tailand poytaxtiga etib kelgan ekanlar. 

"Bangkokka "qurollangan" holda keldik. Nasib qilsa zaldan turib o'zbek bokschilarimizni qo'llab-quvvatlab turamiz. O'zbekcha muxlislikni Osiyo ringlari ham ko'rib qo'ysin. Imkon darajasida Tailanddagi vatandoshlarimizni to'playapmiz", - dedi Abdurahmon Fozilov. 

Kechka tomon muhim tadbirlardan biri - qura tashlash marosimi tashkil etildi. Unda O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, terma jamoamiz murabbiylari ham ishtirok etishdi. 

Tadbir aynan bokschilarimiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaning o'zida bo'lib o'tdi. Qura tashlash avtomatik tarzda, kompyuter yordamida amalga oshirildi. Yani, sportchilar reytingiga qarab ajratilmadi. Bu bir tomondan qiziq. Ammo, dastlabki bosqichdayoq kuchli raqiblar o'zaro to'qnash keladigan holatlar ham kuzatildi. Jumladan, -69 kg vazn toifasidagi bokschimiz Bobousmon Baturov dastlabki bosqichdayoq mo'g'ulistonlik kuchli raqibga qarshi to'qnash keladigan bo'ldi. Keyingi davralarda ham uni oson bo'lmagan raqiblar kutib turibdi. Mayli, xechqisi yo'q. Biz Bobousmonga ishonamiz, raqibning kim bo'lishi u qadar katta ahamiyatga ega emas. U terma jamoamizning asosiy "qurol"laridan biri hisoblanadi. 

Bugundan janglar start oladi. Hozircha TV translyaciyasi O'zbekistonda amalga oshirilishi bo'yicha kelishuvga erishilmagan. Faqatgina, "UzReport" telekanali yarim finaldan boshlab janglarni namoyish etishni rejalashtirgan. Ungacha esa, muxlislarimiz internet tarmog'i orqali USHBU XABARda berilgan havolalar orqali janglarni tomosha qilishlari mumkin. 

Demak, bugundan boshlaymiz! Yangi rekordlar sari olg'a O'zbekiston! Biz sizga ishonamiz!

Aziz To'xtamurodov, Bangkok shahridan


BIRINCHI KUN

IKKINCHI KUN


Reyting:    

Fikrlar

   
19 apr 14:47:31
Nematullo Sodiqov
Yaxshi ishlayapsilar, iloji bolsa Chet elliklar bilan interview lar uyushtirib ularni fikrini yetkazselar qiziqroq bolardi.
   
19 apr 13:29:43
Ilhom
https://m.prosports.kz/news/320351
Mana shu silka orqali kirsangiz primoy kurasiz
   
19 apr 11:19:17
Ŕæfîķøv Òķhůñ
Òzbek kanalari ayniqsa sport mablaģ sarflab qattagi tenis hokkey va boshqa hech kim kuzatmaydigan sport dasturlarini órniga òzimizni boksni olib bersa bòlmaydimi. Professional boksdagi janglarniku aytmasayam bòladi
   
19 apr 10:51:44
Dilshot Solihov
Azizjon Kadirov foydalanuvchining fikriga javob berish
Assalomu aleykum olam sport ham mana joylashtirdiku you tubedan holagan boyizzi toridan tori kursa buladi
Qanaqa qilib kengroq tushintirin iltimos?
   
19 apr 10:41:24
Azizjon Kadirov
Assalomu aleykum olam sport ham mana joylashtirdiku you tubedan holagan boyizzi toridan tori kursa buladi
   
19 apr 10:39:42
Xamdam
Ассалому алайкум сайт аьзолари
   
19 apr 10:22:08
Dilshot Solihov
Uzreport xich bo'masa chorak finaldan obersa yaxshi bo'lardi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing