07 jan 14:25
Yangiliklar

Barcha davrlarning eng boy bokschilar ro'yxati elon qilindi
Og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko tarixdagi eng boy bokschilar o'nligidan joy oldi. Ushbu reytingni Britaniyaning Manchester Evening News nashri taqdim etdi. Manbaga ko'ra, ukrainalik bokschining boyligi 58 million funt (taxminan 69,5 million evro)ga baholangan va bu unga ro'yxatda o'ninchi o'rinni egallash imkonini bergan. Qayd etilishicha, Klichko Tayson Fyuri va Entoni Joshuaga qarshi o'tkazilgan so'nggi ikki jangda eng ko'p daromad olgan. Reytingni 400 million funt (479,5 million evro) ko'rsatkichi bilan beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer boshqarib turibdi.
Dunyoning eng boy 10 nafar bokschisi bilan tanishing:
1. Floyd Meyvezer (400 million funt sterling)
2. Jorj Forman (222 million funt sterling)
3. Menni Pakyao (163 million funt sterling)
4. Oskar De La Xoya (148 million funt)
5. Saul Alvares (105 mln funt sterling)
6. Lennoks Lyuis (103 million funt sterling)
7. Tayson Fyuri (100 million funt sterling)
8. SHugar Rey Leonard (88 million funt sterling)
9. Entoni Joshua (60 million funt sterling)
10.Vladimir Klichko (58 mln funt sterling)
Fikrlar