12 apr 09:12
Yangiliklar

Barcha janglar o'z kuchida! UFC 314 ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida qatnashishdi
Oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni avstraliyalik Aleksandr Volkanovski hamda reytingning uchinchi pog'onasida borayotgan braziliyalik Diego Lopes o'rtasida bo'lib o'tadi. Jang Iliya Topuriya vakant, yani egasiz qoldirgan chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Kecha musobaqa ishtirokchilari rasmiy vazn o'lchash marosimida qatnashishdi. Etiborlisi, turnirdan o'rin olgan barcha janglar o'z kuchida qoldi.
Vazn o'lchash marosimi natijalari:
Asosiy kard:
Markaziy jang, yarim engil vaznda: Aleksandr Volkanovski (65,77 kg) vs Diego Lopes (65,77 kg)
Engil vaznda: Maykl CHendler (70,76 kg) vs Peddi Pimblett (70,76 kg)
Yarim engil vaznda: Yair Rodrigez (66,22 kg) vs Patrisio Pitbul (65,77 kg)
Yarim engil vaznda: Brays Mitchell (66,22 kg) vs Jin Silva (66,22 kg)
Yarim og'ir vaznda: Nikita Krilov (93,44 kg) vs Dominik Reyes (94,44 kg)
Prelim kard:
Yarim engil vaznda: Den Ige (66,22 kg) vs SHon Vudson (66,22 kg)
Ayollar o'rtasida minimal vazn toifasida: Yan Syaonyan (52,61 kg) vs Virna Yandiroba (52,61 kg)
Engil vaznda: Jim Miller (70,76 kg) vs CHeys Xuper (70,76 kg)
Yarim engil vaznda: Darren Elkins (65,77 kg) vs Julian Erosa (66,22 kg).
Boshlang'ich prelim kard:
O'rta vaznda: Sedrikes Dumas (83,91 kg) vs Mixal Olekseychuk (84,36 kg)
O'ta engil vaznda: Su Mudaerji (57,15 kg) vs Mitch Raposo (57,15 kg)
O'rta vaznda: Treyshon Gor (84,36 kg) vs Marko Tulio (84,36 kg)
Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Nora Kornoll (62,36 kg)* vs Xayli Kovan (61,68 kg).
* Nora Kornoll vazn meyorini bajara olmagani uchun gonorarining 20% miqdori raqibasiga beriladi.
Fikrlar