17 iyu 18:40
Yangiliklar
Dzyudo
Barcha qatnashchilar "Kodokan"da mashg'ulot o'tkazadi
Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etadigan dzyudochilar tayyorgarlikning yakuniy bosqichini bevosita Kunchiqar yurtda o'tkazishadi.
Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi bergan xabarga ko'ra, musobaqa paytida dunyoga mashhur "Kodokan" sport majmuasi ishtirokchi davlat terma jamoalari uchun rasmiy o'quv-mashg'ulot bazasi vazifasini o'tab beradi.
"Kodokan"da 19-30 iyul kunlari oralig'ida mashg'ulot o'tkazish mumkin bo'ladi. Aynan 19 iyul kuni O'zbekiston terma jamoasi Mayduzurdan Tokioga etib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar