So’nggi yangiliklar

17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 15:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон терма жамоаси қайд этаётган натижалардан ОНЛАЙН 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 14:19"Топурия Гэтжи билан реваншга лойиқ эмас" - Арман Царукян 0 13:42Умар Кремлёвга Латвияга киришни тақиқлаб қўйишди 0 12:30"Челси" ўз юлдузини "Ливерпуль"га 100 миллион фунтга сотишдан бош тортди 0 11:49Дмитрий Биволнинг фаолиятидаги энг катта гонорар маълум қилинди 0 10:26Тарихий муваффақият: Ўзбекистон парашахмат терма жамоаси Олимпиадада илк бор бронза медалларини қўлга киритди! 0 09:45Ўсмирлар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари 0 08:35Англия Лига Кубоги. "Манчестер Сити" "Норвич Сити"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди 0 07:37Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 3-тур жуфтликлари маълум 0 20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0

21 apr 17:30
Yangiliklar

Boshqalar

"Barkamol avlod-2017"ga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda

Teglar :  Barkamol avlod
Jizzaxda “Barkamol avlod – 2017” musobaqalariga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. Musobaqalar o'tadigan asosiy inshootlarda qurilish-tamirlash ishlari yakunlanmoqda, ishtirokchilar uchun yotoqxona va oshxonalar hozirlanayotir.

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan umumtalim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida o'tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport musobaqalari qatorida “Barkamol avlod” o'yinlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu ananaviy musobaqa yoshlarni jismonan va manan etuk insonlar etib ulg'aytirish bilan birga, ularda jamoa bo'lib harakat qilish, g'alabaga intilish ishtiyoqini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

“Barkamol avlod” musobaqalarining birinchisi ham 2001 yilda Jizzax viloyatida o'tgan va unda sportning 8 turi bo'yicha 1 ming 540 o'quvchi ishtirok etgan edi. Jizzax “Barkamol avlod – 2017” musobaqasining mamlakat bosqichiga yana mezbonlik qilmoqda. Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 17 sport turi bo'yicha 2 mingga yaqin yosh sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

“Barkamol avlod – 2017” musobaqalari Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, Jizzax politexnika instituti, ushbu institut qoshidagi akademik licey sport zallarida, futbol maydonlari, sport inshootlarida o'tkaziladi.

Sportning gandbol, stol tennisi, voleybol, taekvondo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, badminton, tennis, og'ir atletika turlari bo'yicha musobaqalar o'tkaziladigan Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji katta sport zalida, suzish basseynida, gimnastika zali va oshxonasida qurilish-tamirlash ishlari yakuniga etmoqda.

Jizzax politexnika institutining futbol maydoni, ushbu institut qoshidagi akademik liceyning sport zali musobaqa uchun shay holatga keltirildi. Musobaqa ishtirokchilari joylashtirilishi rejalashtirilgan kasb-hunar kollejlarining yotoqxona va oshxonalarini tayyorlash ishlari ham jadal suratlarda olib borilayotir.

– “Barkamol avlod – 2017” musobaqalariga tayyorgarlik ko'rishda 1 akademik licey va 5 o'rta maxsus, kasb-hunar kollejida katta hajmda qurilish-tamirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, – deydi Jizzax viloyati o'rta maxsus, kasb-hunar talimi boshqarmasi boshlig'i B.O'sarov. – Musobaqalar o'tkazilishi belgilangan talim muassasalariga 11 milliard 200 million so'mdan ziyod mablag' ajratilib, sport inshootlari moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasiga etkazishga alohida etibor qaratilmoqda.

Musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish dasturida sportchilar uchun viloyat markazining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish, madaniy-marifiy tadbirlar tashkil etishga ham alohida o'rin berilgan. SHu maqsadda bu yo'nalishdagi tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etishni taminlash uchun puxta hozirlik ko'rilayotir. Musobaqa qatnashchilarining taniqli adiblar, xonandalar, aktyorlar va mashhur sportchilar bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan viloyat musiqali drama teatri, “Yoshlar markazi”, Jizzax sanat kollejining tomosha zallari va sahnalari zamonaviy jihozlanmoqda.

Jizzaxlik sportchilar musobaqada munosib ishtirok etishga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotir. Akademik licey va kollejlarda “Barkamol avlod” musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha eng tajribali murabbiylar viloyat jamoasi tarkibiga kiritilgan sportchilar bilan o'quv mashg'ulotlari o'tkazmoqda.

– O'z maydoningda o'tadigan musobaqa har doim katta masuliyat yuklaydi, – deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi katta mutaxassisi S.Ibodov. – 2001 yilda Jizzaxda boshlangan dastlabki “Barkamol avlod” musobaqalarida umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinni egallagan edik. O'tgan davrda viloyatda bolalar sportining moddiy-texnik imkoniyati ham, yoshlarimiz salohiyati ham o'sdi. Viloyatimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega ushbu musobaqada yoshlarimiz yuqori natijaga erishishi uchun barcha imkoniyat mavjud.

Viloyatda “Barkamol avlod – 2017” musobaqasiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqilib, uning bajarilishi soha va yo'nalishlar bo'yicha tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Yaqinda “Barkamol avlod – 2017” veb-sayti ishga tushiriladi.

Toshqul Beknazarov, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing