07 dek 11:01
Yangiliklar

"Bashara "buzilgan", lekin "dux" sinmagan". Xermansson kechagi jangdan keyingi yuzini ko'rsatdi + FOTO
UFC Fight Night (on ESPN 19) oqshomining markaziy jangida oktagonga ko'tarilgan o'rta vazn ishtirokchilarining jangi to'liq besh raund davom etgan va yakunda 27 yoshli Vettori 32 yashar Xermanssonni 49:46, 49:46, 49:45 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgandi.
SHifoxonada yotgan Xermansson o'zining "Instagram"dagi sahifasiga 25 daqiqalik jangdan yuzida qolgan asoratlarini ko'rsatdi. U o'z sahifasiga surat joylab, tagida izoh ham qoldirgan.
"Oyog'imning barmog'i singan, Ko'z soqqasi ham shikastlangan. Lekin ruhim sinmagan. Maqsad o'zgarishsiz qoldi. Qo'llab turganingiz uchun rahmat", – deya suratga izoh bergan shveciyalik jangchi.
Malumot uchun, Marvin Vettori MMAda 18 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 14 tasida g'alaba qozongan. Hisobida 4 ta mag'lubiyat bor. Xermansson uchun esa kechagi jang faoliyatidagi 27-chisi bo'ldi. U 22 ta jang g'alaba qozonib, 5 ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Fikrlar