So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

13 mar 20:49
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Basketbol. Buxoroda bellashuvlar boshlandi

Buxoro viloyatida basketbol bo'yicha “Barkamol avlod sport jamoalari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi boshlandi.

O'zbekiston Barkamol avlod jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi hamda qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Akademik licey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o'quvchilar o'rtasida “Barkamol avlod sport jamoalari” sport musobaqalari dasturidan o'rin olgan basketbol sport turi bo'yicha respublika final bosqichi bellashuvlari bugun Buxoro viloyatida start oldi. 

Mazkur final bosqichi Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji va Buxoro muhandislik-texnalogiya instituti sport zallarida bo'lib o'tmoqda. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan tashrif buyurgan jamoalar to'rt guruhga bo'lingan holda musobaqalarga kirishishgan. 

Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida o'tayotgan birinchi davra bahslarida Qashqadaryo, Toshkent, Farg'ona viloyatlari, poytaxt jamoalari raqiblariga nisbatan ustunlikni namoyon etayotgan bo'lishsa, Buxoro muhandislik-texnalogiya instituti sport majmuasida o'tayotgan bellashuvlarda asosan  Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Andijon viloyati jamoalari etkakchilik qilishmoqda. 

G'olib SANOEV, “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Buxoro viloyati mintaqaviy bo'lim rais o'rinbosari

– Barcha jamoalar kuchli uchlik uchun bor mahoratlarini ishga solishgan. SHiddat bilan o'tayotgan ushbu respublika final bosqichda ko'plab iqtidorli basketbolchi-o'quvchilarni ko'ryapmiz. Ayniqsa, Qashqadaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri jamoalarining shiddatkarona o'yinlaridan bilish mumkinki, mazkur final bosqichida kuchlilalarni aniqlash oson kechmaydi.

Eslatib o'tamiz, g'olib va sovrindor jamoalar nomi 15 mart kuni malum bo'ladi. 


Ilhom Rahmonov tayyorladi  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing