08 avg 10:13
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" Keyn bo'yicha muzokaralarni davom ettiryapti
"Bavariya" Xarri Keyn transferi bo'yicha "Tottenxem" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Oldinroq "Tottenxem" "Bavariya"ning 100 mln. evrolik taklifini rad etgani haqida elon qilingan edi.
Malumotlarga ko'ra, "Tottenxem" prezidenti Deniel Levi transfer uchun ko'proq pul xohlayapti. "Bavariya" bilan muzokaralar davom etyapti, ammo myunxenliklar va Xarri Keynning o'zi buyog'iga nima qilishni bilishmayapti.
"Bavariya" variantlardan biri sifatida Keynni qishda xarid qilishni o'ylab turibdi. Vaziyat shunday davom etsa, mavsumning birinchi qismida 18 yoshli Matis Tel myunxenliklarning asosiy hujumchisi bo'ladi.
Keyn kelasi yil "Bavariya"ga tekinga o'tishga tayyor, ammo u shu mavsum CHempionlar ligasida o'ynamoqchi.
Havola :
Manba : Sport1
Fikrlar