19 fev 14:07
Yangiliklar
Baxshilloev finalda, Bahromov va SHamsiddinov bronza uchun kurashadi
Hamyurtlarimizdan Mahmud Baxshilloev final yo'llanmasini qo'lga kiritdi va kechki dasturda Osiyo chempionligi uchun gilamga chiqadi. Uning oltin medal uchun bahsdagi raqibi koreliya Xan Su Ryoo bo'ladi. Baxshilloev finalga qadar suriyalik Abdulkarim al Hasan hamda hindistonlik Ashu Ashuni mag'lubiyatga uchratdi.
Afsuski, Islomjon Bahromov (-60 kg) 1/2 final bellashuvida yaponiyalik Kenichiro Fumitaga yutqazib qo'ydi. Endi Bahromov bronza medali uchun kechadigan uchrashuvda hindistonlik Gyanender Gyanenderga qarshi gilamga chiqadi.
-97 kg vazndagi polvonimiz Muhammadali SHamsiddinov ham bronza medali uchun kurashadi. Uning raqibi tailandlik Ponlavat Siammay bo'ladi. -82 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jalgasbay Berdimuratov esa birozdan so'ng yarim final uchrashuvida koreyalik CHoy Jun Kyong bilan hisob-kitob qiladi.
Fikrlar