25 avg 15:37
Yangiliklar
Baydarka va kanoechilarimiz to'rtta dasturdagi finallarni yakunlashdi
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik sportchilar hozirga qadar 4 ta dasturdagi finallarda chiqish qildi.
Dastlab, kanoechilarimiz 500 metr masofaga kechgan bahslarda startga chiqishdi. Undagi yakkalik dasturida Dinara Jo'raeva ettinchi natijani qayd etdi. SHundan so'ng, Nilufar Zokirova hamda Elryorjon Mamadaliev juftligi marra chizig'ini beshinchi bo'lib kesib o'tdi.
200 metr masofaga kechgan bahslarda esa Artur Gulievning yakkalikdagi chiqishi muxlislarni katta hayajonda ushlab turdi. SHiddatli ruhda o'tgan poygada hamyurtimiz to'rtinchi bo'lib marra chizig'ini kesib o'tdi. Dinara Jo'raeva hamda Nilufar Zokirova juftligi esa to'qqizinchi bo'ldi. Birozdan so'ng atletlarimiz yana 4 dasturda startga chiqishadi.
Fikrlar