13 may 08:15
Yangiliklar
Futbol
"Bayer"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 50 ta uchrashuvga etdi
Leverkuzenliklar bu safar "Boxum"ni yirik hisobda taslim etishdi.
"Boxum" Bundesliga 33-turi doirasida o'z uyida "Bayer"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Leverkuzenliklar bu safar raqiblari darvozasini besh bor ishg'ol qilishdi. "Bayer" safida Patrik SHik, Viktor Bonifeys, Amin Adli, Yosip Stanishich va Alexandro Grimaldo to'p kiritdi.
Qayd etish kerakki, Xabi Alonso qo'l ostidagi "Bayer" barcha musobaqalarda 50 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti. Yana bir qiziq jixati shundaki, "Bayer" oxirgi mag'lubiyatini aynan "Boxum"dan qabul qilib olgan ekan. Demak, revansh ortig'i bilan olindi.
Havola :
Fikrlar