18 mar 08:03
Yangiliklar
Bayonot: Tokio Olimpiadasi belgilangan vaqtda o'tkaziladi
Aksincha, XOQ sportchilarni Olimpiadaga tayyorgarlikni reja asosida davom ettirishga, uni to'xtatmaslikka chaqirdi. Bu haqidagi bayonot qo'mitaning rasmiy saytida elon qilindi.
"Butun dunyoda koronavirus sabab murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Pandemiyaga qarshi hamma kurashyapti. Bu vabo sportchilarning Olimpiadaga olib borayotgan tayyorgarligiga salbiy tasir o'tkazmoqda. Vaziyat kundan-kunga o'zgaryapti. Lekin Xalqaro olimpiya qo'mitasi Tokio Olimpiadasini o'z vaqtida o'tkazish fikrini qo'llab-quvvatlaydi. Musobaqa startiga qadar to'rt oy vaqt qoldi va kordinal o'zgarishlarni amalga oshirish istagidan yiroqmiz. Biz barcha sportchilarni tayyorgarlikni davom ettirishga chaqiramiz", - deyiladi XOQ rasmiy bayonotida.
Fikrlar