08 mar 07:00
Yangiliklar
Bayram muborak, aziz onajonlar, opa-singillar!
Bahor – ayollar kabi nozik, ular kabi go'zal va tarovatli fasl. Bejiz uni fasllar kelinchagi deyishmaydi. Bugun kimdir onasi, yana kimdir vafodor yori, yana kimdir bo'lajak turmush o'rtog'i, opa-singlisi, ustozi, sinfdoshi, qo'yingki o'zi tanigan-bilgan nozik hilqat vakillarini tabriklashga, bir og'iz shirin so'z bilan ko'nglini olishga oshiqadi.
Fursatdan foydalanib, biz ham saytimiz ijodiy guruhi nomidan aziz va dilbar opa-singillar, muhtarama onajonlarimizni nafosat va go'zallik bayrami – 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Hamisha xonadoningiz farishtasi va bekasi, sevimli va vafodor yor, mehribon ona, yaqinlaringiz ardog'ida bo'lib yurish nasib etsin!
Fikrlar