19 may 18:13
Yangiliklar
Futbol

BBC kanali Isroilning G'azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilgan Linekerni ishdan bo'shatmoqchi
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi va hozirda teleekspert Gari Lineker antisemitizm ayblovlari tufayli BBC tomonidan ishdan bo'shatilishi kutilmoqda.
Avvalroq Lineker ijtimoiy tarmoqlarda Isroilning G'azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilgan hamda Falastin tarafdori bo'lgan keskin poziciyani efirga uzatgan videoni tarqatgandi. Keyinroq u postni o'chirib tashladi va bu uning fikrlarini aks ettirmasligini aytib, uzr so'radi.
Qayd etilishicha, telekanal rahbariyati Linekerning poziciyasini nomaqbul deb hisoblagan. Linekerning istefosi haqida tez orada elon qilinadi va uning efirda so'nggi marta ko'rinishi 25 may kuni, Angliya chempionati yakunlanganida bo'ladi.
Havola :
Fikrlar