22 iyu 09:52
Yangiliklar
MYU afsonasi Argentinaning finaldagi o'yini haqida: "Bir qop ahlatdek o'ynashdi"
Lionel Skaloni jamoasi 120 daqiqa davomida raqib darvozasi tomon birorta ham aniq zarba yo'llay olmay, Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Keling, ochig'ini aytaylik: ular juda yomon o'ynashdi. SHuncha vaqt chidab berishgani uchun ularga tahsin aytish kerak, xolos. Barakalla. Bir qop ahlatdek o'ynashdi.
Bazida agar bir narsa axlatga o'xshab ko'rinsa va axlat hidi kelsa, demak, bu axlatdir. Biz juda kuchsiz o'yin guvohi bo'ldik. Bazan ular yomon o'ynashardi, ammo jamoa ichidagi ajoyib 'kimyo' va jangovar ruh evaziga oldinga odimlashardi. SHuningdek, ularning hujumida jamoani orqasidan ergashtiradigan aql bovar qilmas futbolchi o'ynaydi. Usiz, o'tgan turnirda aytganimdek, bu jamoaga yarim finalgacha etib kelish ham juda qiyin bo'lardi", — dedi Nevill "The Overlap" shousida.
Fikrlar