22 dek 08:47
Yangiliklar
Bekker nemis telekanallarining biriga 435 000 funt evaziga intervyu berdi
"Hammasi juda tez sodir bo'lgan ersa-da, intervyu vaqt talab qildi. SHuning uchun, biz uni ingliz va nemis tillarida tayyorladik. Biz intervyuni imkon qadar xorijda tarqatib, o'quvchilar qiziqishini uyg'otmoqchimiz.
Boris shu qadar band edi-ki, u hatto onasini ko'rmagan, lekin u bilan telefonda gaplashgan. Montaj ishlari yakunlandi. Tez orada intervyu efirga uzatiladi, shundan so'ng teledebat bo'lib o'tadi”, — deya vaziyatdan xabardor manbaning so'zlaridan iqtibos keltirgan Daily Mail nashri.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilning 29 aprelida 55 yoshli Boris Bekker 2,5 million dollar miqdoridagi aktivlarini yashirgani uchun ikki yilu olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Malumot uchun, Boris Bekker "Katta Dubulg'a" turnirlarining 6 karra chempioni hisoblanadi.
Fikrlar