14 fev 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir jang qilgan oqshomning markaziy bahsida tojikistonlik bokschi chempionlik uchun ringga ko'tarildi
Bugun AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi Jozef Dias hamda tojikistonlik SHavkatjon Rahimov o'rtasida vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun kechdi. O'n ikki raundga mo'ljallagan bahs to'liq davom etdi va hakamlarning qaroriga ko'ra jang durang natija bilan yakunlandi.
Hakamlardan biri 115-113 hisobidagi g'alabani Diasga taqdim etgan bo'lsa, qolgan ikkisi 114-114 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Bu bilan IBF kamari yana vakant, yani egasiz qoladigan bo'ldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar