So’nggi yangiliklar

10:51ФИФА Эроннинг ЖЧ-2026да иштироки ҳақида баёнот берди 0 10:24Абдурасул Исмоилов Дулат Бекбауовга қарши чемпионлик жангида рингга чиқди 0 10:01Бивол Россияда жанг қилади, рақиб ўша-ўша! (ПОСТЕР) 0 09:40"Номзодлар турнири": Жавоҳир Синдаров 2-турда муроса кўчасини танлади 0 09:18Фабио Каннаваро: "Мундиалда барчаси бошқача бўлади" 0 08:53Эксперт Махачев билан жанг учун икки асосий даъвогарни айтди 0 08:30Осиё чемпионати: Бугун фақат бир боксчимиз жанг қилади 0 21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0

04 may 14:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev 4 yilga diskvalifikaciya qilindi

O'zbekiston Milliy antidoping agentligiga Xalqaro boks federaciyasi (AIBA)ning bergan rasmiy xabarnomasiga ko'ra, o'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'ziev to'rt yil muddatga diskvalifikaciya qilindi.

Sportchi 2020 yil 16 fevraldan boshlab 2024 yil 15 fevralga qadar barcha sport musobaqalarida (milliy va xalqaro chempionatlar, turli o'yinlar v.x.k) ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

Alohida takidlab o'tish lozim, 2020 yil 16 fevraldan boshlab musobaqalarda olgan barcha medallari va reyting ochkolari bekor qilindi. SHu bilan birga, Butunjahon antidoping kodeksiga ko'ra, B.Meliqo'zievning professional boksda chiqishlarini davom etishi yoki etmasligi tegishli Xalqaro professional boks tashkilotining qaroriga bog'liq bo'ladi. Agar ruxsat beradigan bo'lsa, diskvalifikaciyasi tugagungga qadar faqatgina professional boksda jang o'tkazishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, dastlab Bektemirdan olingan doping-sinamasida “furosemid” taqiqlangan moddasi aniqlangan bo'lib, u 2018 yil 28 fevraldan boshlab 2020 yil 27 fevralgacha 2 yillik diskvalifikaciya bilan jazolangandi. Sportchi tomonidan keyingi antidoping qoidalari buzilishi dastlabki belgilangan jazo muddati ichida, yani 2019 yil 30 sentyabrda sodir etilib, unda ADAMS tizimida bokschining o'zi kiritgan manzili bo'yicha etib kelishgan doping-nazoratchilari ko'rsatilgan manzilda bokschi bo'lmaganligi uchun undan rejali doping-sinamani olisholmagan. Xuddi shu vaziyat yana ikki marotaba – 2019 yil 21 oktyabr va 2020 yil 16 fevral kunlari takrorlangan.

Butunjahon antidoping kodeksining 2.4-moddasiga asosan, bu turdagi antidoping qoidabuzarlik uchun 2-yillik diskvalifikaciya jazo chorasi qo'llanilgan. Lekin keyingi antidoping qoidabuzarlik avvalgi antidoping qoidabuzarlik uchun belgilangan muddat ichida sodir etilgan bo'lsa, bunda keyingi antidoping qoidabuzarlik muddati ikki baravar ko'paytiriladi. SHu sababli, Meliqo'zievga jami 4-yillik diskvalifikaciya belgilandi.

O'zMADA Matbuot xizmati

Reyting: -4   

Fikrlar

+1   
04 may 21:44:52
Abduvakhob Mutalipov
Professional boksga hech qanaqa aloqasi yo'q Hudo hohlasa.

   
05 may 02:47:57
CHELSEA2211
Yaqinda kavalyovni Dopingda ayblab chiqishgandi...
   
04 may 22:15:11
Sportolam
Nima kerigi bor edi uylab ish qilish kere edi
   
04 may 21:45:34
Abduvakhob Mutalipov
Professional boksga he
















ch qanaqa aloqasi yo'q Hudo hohlasa.

   
04 may 21:41:48
Бахтиёр Чориев
Парот килдингку братишка. Сандан умид катта эди. Э, черт.
   
04 may 19:46:30
Boks boks
Эх уйинларга тушиябсанда укажон шундай боксчи ухлатябди эхх кимларнингдур куллари бор энди кучка тулган пайтта а
   
04 may 19:06:49
Adhamjon 40 C123 MA
AQSH kamarlaridan xavotirga tuzhib shu yo'l bilan o'zbeklardi to'xtatmoqchi shekilik.
   
04 may 16:41:28
боксёр
Shu kerakmidi Bektemir...
   
04 may 15:25:04
Дамир Дамир
Узи хамма иттифокдан чиккан спортчиларга каршими дейман
   
04 may 15:21:29
Mironsho Jabborov
Blyaaaaaaaa. Shu dopinga uncha tushunmaymanu lekin nmaga kk shu narsa degan savol qiynaydida exx. 4 yil jang qilmaslik temboli sovrinlaridan maxrum bolish vashedaa
   
04 may 15:18:18
Дамир Дамир
Фуросемид артериал гипертензияга ишлатадиган дорику. У канакасига допинг булади
   
04 may 14:55:36
Boxking
Ketding Najim.Zur bokschilardan biri edi Bektemir.Naxotki dopping sabab:(
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing