14 fev 07:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev AQSHda jang o'tkazdi + VIDEO
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev AQSHning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Morgan Fitch raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jang 3-raundda yakuniga etdi.
Bokschimizning uchinchi raundda chap qo'lda yo'llagan kuchli zarbasi evaziga raqib erga o'tirib qoldi. SHundan so'ng referi jangni to'xtatdi va Bektemir texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, bungacha Bektemir Meliqo'ziev prof boksda 6 marotaba jang qilib, ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar