15 fev 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev AQSHda ringga ko'tarildi
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev AQSHning Kaliforniya shtatida navbatdagi jangini o'tkazdi.
Bu safar hamyurtimizga meksikalik Oskar Kortes raqiblik qildi. 10 raundga mo'ljallangan jang birinchi raunddayoq nihoyasiga etdi. Bektemir birinchi raundda raqibini burchakka olib borib taqadi va chap qo'ldagi kuchli zarbasini raqibning qorin qismiga berdi. Ushbu kuchli zarbani o'tkazib yuborgan Kortes jangni davom ettira olmadi.
SHu tariqa Bektemir prof boksdagi beshinchi jangida beshinchi g'alabani (4 ta nokaut) qo'lga kiritdi. Ushbu jangda Meliqo'ziev o'zining WBA Americas kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Уша Алваресни хам енга олади Бектемир