18 fev 12:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev Iordaniyaga etib bordi, u ham katta ehtimol bilan licenzion musobaqada qatnashadi
Bir necha kun oldin bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev AQSHda prof boksda jang o'tkazib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Iqtidorli bokschimiz o'sha g'alabadan so'ng licenzion musobaqa bo'ladigan Iordaniyaga yo'l oldi. Bu haqida u Instagramdagi "story" orqali malum qildi.
Qayd etish lozimki, avvalroq saytimiz orqali O'zbekiston terma jamoasi licenzion musobaqada 7 nafar bokschi bilan qatnashishi haqida xabar qilgandik. Endi ular safiga Bektemir Meliqo'ziev ham qo'shildi. U katta ehtimol bilan Ammandagi turnirda -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar