02 iyu 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev mashg'ulotlarga qaytdi + VIDEO
So'nggi jangda amerikalik Gabriel Rosadodan engilgan prof bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev biroz tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.
Bu haqda Okeanortida faoliyat olib borayotgan yana bir charmqo'lqop ustamiz Murodjon Ahmadaliev Instagram orqali xabar bermoqda:
"Ukam safimizga qaytdi, biz birgalikda mashg'ulot o'tkazdik va yaqin orada bo'lajak janglarga to'liq tayyorgarlikni boshlaymiz", - deb yozdi Ahmadaliev va tegishli fotosuratni ilova qildi.
Undan tashqari, "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati Meliqo'zievning mashg'ulot jarayonidan video taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar