19 fev 13:54
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'ziev terma jamoamizning Iordaniyadagi mashg'ulotiga qo'shildi + FOTO
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham Tokio Olimpiadasi licenziyasi uchun kurash olib boradilar.
Avvalroq, professional bokschimiz terma jamoamiz ixtiyoriga etib borgani haqida xabar qilgandik. Kuni kecha u Iordaniyada bokschilarimiz bilan birga mashg'ulotlarni boshladi. Terma jamoamiz murabbiylari mashg'ulot zalidan suratlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarga joylashtirishdi.
Eslatib o'tamiz, Bektemir katta ehtimol bilan licenzion musobaqada -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi hozircha licenzion musobaqada ishtirok etadigan yakuniy tarkibni rasman elon qilishmadi.
Avvalroq, Qozog'iston terma jamoasining ushbu musobaqada qatnashadigan tarkibi malum qilingandi.
Fikrlar