06 avg 07:17
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun gilamga chiqadi. Raqib ham malum
Bugun Tokio-2020 Olimpiadasining erkin kurash bo'yicha musobaqasida 74 va 125 kg vazn toifasi hal qiluvchi bellashuvlari o'tkazilyapti.
Hozirgina yurtimiz sharafini 74 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Bekzod Abdurahmonov bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida oson g'alabani qo'lga kiritdi va bronza medali uchun gilamga chiqadigan bo'ldi.
Abdurahmonov Gveniya-Bissau kurashchisi Midana Augistoni ikkinchi bo'limning boshidayoq hisob (10-0) yiriklashgani uchun taslim etdi. Endi Bekzod Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali uchun qozog'istonlik Daniyar Kaysanovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar